Bluetooth orqali quvvatni yoqish funksiyasidan foydalanish - LG xboom Bounce
Karnaydan Bluetooth qurilmangiz bilan oson foydalanishingiz mumkin.
Avvalo quyidagilarni tekshirib ko‘ring.
- • Karnayda Bluetooth qurilma bilan Bluetooth ulanish tarixi mavjud.
- • Karnay zaryadlanmoqda va quvvat o‘chirilgan.
- a Bluetooth qurilmangizda Sozlamalar tugmasini bosing va Bluetooth’ni tanlang.
- b Bluetooth funksiyasini yoqing. (O'chirish
> Yoqish
) - c Bluetooth qurilmasi ekranida ulanilishi mumkin bo‘lgan qurilmalar ro‘yxati ko‘rinadi. “xboom Bounce” ni toping va bosing.
- d Karnay quvvati avtomatik yoqiladi. Shundan so‘ng Bluetooth qurilma va karnay avtomatik ulanadi.
|
|
|
|
|
Simsiz tarmoq ulanish(lar)ini qanday faolsizlantirish mumkin.
Avtomatik quvvat funksiaysini ilova tomonidan o'chirish holatiga sozlang va mahsulotni o'chiring.

