Mahsulotni oʻrnatish va undan foydalanish
- a Tovush panelini optik kabel yoki HDMI kabeli orqali televizoringizga ulang.


- A Tovush paneli
- B Masofadan boshqarish pulti qabul qilgichi
- C Holat indikatori (ABC)
- D Orqa karnaylar
- E Simsiz sabvufer – Uni tovush paneliga yaqin joylashtiring.
- F Tashqi qurilma - (Blu-ray pleyer, o‘yin konsoli va hok.)
- b Agar siz tashqi qurilmadan (mas., Set-top box, Blu-ray pleyer, o‘yin pristavkasi va boshqalarni tovush paneliga yoki televizorga HDMI kabeli orqali ulang.
- c Agar siz orqa karnaylar va simsiz qabul qilgichni alohida xarid qilsangiz, orqa karnaylarni simsiz qabul qilgichga karnay kabeli orqali ulang. Orqa karnaylarni simsiz qabul qilgichga ulaganda qora polosali kabelni har bir karnayning manfiy terminaliga va qolgan kabelni har bir karnayning musbat terminaliga ulang.
- d Elektr ta’minotini quyidagi tartibda ulang: simsiz sabvufer [ simsiz qabul qilgich [ tovush paneli. Keyin tovush panelini yoqing. Ulanish tovush paneli bilan avtomatik tarzda o‘rnatilganda, simsiz sabvufer va simsiz qabul qilgichdagi LED chiroqlar yashil yonadi. ([ “Mahsulotni ulash” bo‘limiga qarang, 6-betda.)
- e Mahsulotdan televizoringiz bilan foydalanish ([ “Optik kabel bilan ulash”, “HDMI kabeli bilan ulash”, “Bluetooth orqali ulash”, “Tashqi qurilmani HDMI A orqali ulash” bo‘limiga qarang, 36, 38, 40, 41-betda.)
- A LED1 oq rangda yonmaguncha Funksiya
tugmasini bir necha marta bosing. Agar tovush panelining HDMI™ IN portiga ulangan tashqi qurilmadan foydalanayotgan bo‘lsangiz, LED1 va LED3 oq rangda yonmaguncha Funksiya
tugmasini bir necha marta bosing. - B Televizoringiz sozlamalarida chiqish karnayini [HDMI ARC], [Optik], yoki [Tashqi karnay] sifatida belgilang.
- f Mahsulotni smartfoningizga Wi-Fi orqali ulash ([ “Smartfon bilan Wi-Fi orqali ulanish” bo‘limiga qarang, 17-betda.)
- A Smartfoningizni Wi-Fi tarmog‘iga ulang.
- B Google Play yoki App Store’dan LG Soundbar ilovasini o‘rnating.
- C LG Soundbar ilovasini ishga tushiring va ko‘rsatmalarga amal qiling.
- D Mahsulot smartfoningizga ulanadi va siz uni LG Soundbar ilovasini orqali boshqarishingiz mumkin.
- g Mahsulotni smartfoningizga Bluetooth orqali ulash ([ “Bluetooth orqali ulash” bo‘limiga qarang, 45-betda.)
- A Smartfoningizda Sozlamalar
tugmasini bosing va Bluetooth ni tanlang. Bluetooth funksiyasini yoqing. (
Oʻchirish >
Yoqish) - B Bluetooth pair
birlashtirish tugmasini bosing. Bir oz vaqt o‘tgach, LED1 va LED2 oq rangda miltillaydi. - C Google Home ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan nomingiz yoki “LG_Speaker_SC9S_XXXX” ni topib, unga teging.
- D Mahsulot smartfoningizga Bluetooth orqali ulanganida barcha LED chiroqlar ko‘k rangda yonadi.
Tovush panelini simsiz sabvufer yoki simsiz qabul qilgichga qo‘lda ulash ([“Simsiz sabvuferni qoʻlda ulash”, “Qo‘lda ulash” bo‘limiga qarang, 8, 10-betda.)
Agar siz simsiz sabvuferda yoki simsiz qabul qilgichning old tomonida qizil LED chiroqni ko‘rsangiz, bu tovush panelining karnaylarga ulanmaganligini anglatadi. Agar bunday holat yuz bersa, ularni quyidagi tartibda ulang.
- A Tovush panelini o‘chirish uchun undagi Quvvat
tugmasini bosing. - B Uzilgan simsiz sabvufer yoki simsiz qabul qilgichning orqa PAIRING tugmasini bosing. Har bir LED chiroqning yashil miltillayotganligini tekshiring.
- - Agar siz hali ham simsiz sabvuferda qizil LED chirog‘ini ko‘rsangiz, uning orqa tomonidagi tugmani yana bosib ushlab turing.
- C Tovush panelini yoqish uchun undagi Quvvat
tugmasini bosing. - D Ulanish o‘rnatilganda simsiz sabvuferda yoki simsiz qabul qilgichning old tomonida yashil LED chiroq yonadi.
Oʻrnatish